Hoy, Pakyaoni tinch qo‘ying!

  • 15 may, 2020, 19:30
  • 0
  • Boks

Besh vazn toifasining sobiq chempioni Floyd Meyvezer ayni paytda WBA chempionlik kamarini egallab turgan Menni Pakyaoni jangga chorlayotgan yosh bokschilarga tanbeh berdi.

- Sizlardan “Menni Pakyao bilan jang qilmoqchiman”, degan gapni eshitish qayg‘uli. Pakyao 41 yoshda. Siz yoshlar o‘zaro kuch sinashing, veteran bokschini tinch qo‘ying. Pakyao kim bilan jang qilishini o‘zi tanlasin, - dedi amerikalik bokschi.

Professional boks tarixida muxlisu mutaxassislar Meyvezer va Pakyao jangini uzoq kutishgan. Nihoyat 2015 yili tarixiy uchrashuv tashkil etilgan va unda Floyd g‘alaba qozongan. Oradan ikki yil o‘tib,  Meyvezer faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, revansh uchrashuvi haqida hozirgacha gapiriladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!