Jahongir Usmonov OFKning futzal hamda sohil futboli bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi bo‘ldi

  • 27 sentabr, 2019, 21:50
  • 0
  • Futbol

Bilasiz, so‘ngi vaqtlarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi o‘rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib, o‘rtadagi o‘zaro ishonch yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Qit’a futbol konfederatsiyasi kuni kecha Futzal hamda sohil futboli bo‘yicha qo‘mita a’zolari tarkibini tasdiqladi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Jahongir Usmonov OFKning Futzal hamda sohil futboli bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari qatoridan o‘rin oldi. Mazkur qo‘mitaning yangi tarkibi 2019-2023 yillar mobaynida qit’amizda futzal hamda sohil futbolining rivoji yo‘lida faoliyat olib boradi.

Qayd etish joiz, Jahongir Usmonov mamlakatimizda futzalning rivojlanishiga hamda futzal bo‘yicha milliy terma jamoamizning qit’a miqiyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga katta hissa qo‘shgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!