Jezus va Zinchenkoning "Arsenal"ga sotilishi xato bo‘lganmi? Gvardiola javob berdi

  • 27 yanvar, 2023, 13:00
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal"ga Aleksandr Zinchenko va Gabriel Jezus sotib yuborilganidan afsusdamisiz, degan savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, bu futbolchilar "kanonirlar"ga APL turnir jadvalida peshqadamlik qilishlariga yordam berishmoqda. “Arsenal” va “Siti” o‘rtasidagi farq esa 5 ochkoni tashkil qiladi.

“Menimcha, biz Jazus va Zinchenkoni bekorga sotganimiz yo‘q. Nima uchun bizni xato qildi deb o‘ylaysiz? Ular g‘alaba qozongani uchunmi? Aleks va Gabriel «Manchester Siti»da ajoyib futbolchilar edi. Men ularni shaxsan ham, kasbiy jihatdan ham juda hurmat qilaman. Albatta, biz chempionlik poygasida ularni mag‘lub etishni istaymiz”, - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" 27 yanvar kuni o‘z maydonida Angliya kubogining 4-raundi doirasida "Arsenal"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!