Kasper Shmeyxel Daniyada "Yil futbolchisi", deb topildi

  • 8 yanvar, 2021, 10:05
  • 0
  • Futbol

"Lester" darvozaboni Kasper Shmeyxel Daniyaning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

34 yoshli posbon so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, jami 36,5 foiz ovoz to‘plagan. U bu borada Per-Emil Xeyberg (35%) va Simon Kerni (28,5%) ortda qoldirdi.

Ta’kidlash kerakki, bu Kasperning faoliyatidagi uchinchisi bo‘ldi. U bungacha 2016 va 2019 yillarda ham Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan edi.

Shmeyxel joriy mavsum 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!