Konor MakGregor yarim yilga chetlatildi

  • 26 yanvar, 2021, 17:15
  • 0
  • MMA
Xabaringiz bor, o‘tgan hafta oxirida UFS 257 turniri bo‘lib o‘tdi. Oqshomning markaziy jangida  ikki vazn toifasida sobiq UFS chempioni Konor MakGregor Dastin Porega qarshi oktogonga ko‘tarildi va mag‘lubiyatga uchradi. 

Nevada sport komissiyasi Poredan nokautni qabul qilib olgan UFC yulduzi Konor MakGregorga olti oylik majburiy chetlatish qo‘lladi. Irlandiyalik sportchi oyog‘idan bir nechta jiddiy jarohatlar olgani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq, Konor Dastinga qarshi 3-jangni o‘tkazishga qarshi emasligi haqida gapirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!