Konya-2021. Azizbek Boynazarov musobaqadagi 4-medalini qo‘lga kiritdi!

Hozirgina Konyada o‘tayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarining para suzish bahslarida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.

E’tiborlisi, hamyurtimiz Azizbek Boynazarov medallar uchun kechgan bahsda 1:16.87 daqiqa natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bu Azizbek uchun ushbu musobaqadagi 4-medal bo‘ldi. U bungacha 200 metrga kompleks hamda 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha oltin, 100 metrga brass usulida suzishda esa bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!