Kroos va Modrich vunderkindni “Barselona”ga bermadi!

  • 6 iyul, 2023, 09:05
  • 1
  • Futbol

“Fenerbahche” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler “Real” bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Aslida 18 yoshli futbolchining “Barselona”ga o‘tishi kutilgandi. Lekin so‘nggi palada turk futbolchisi Madrid klubini tanladi.

Taniqli jurnalist Volkan Demirning yozishicha, Ardaga “Real”ning ikki yulduzi – Luka Modrich va Toni Kroos aloqaga chiqqan. Ular bilan suhbatlashganidan keyin Gyuler Kataloniyaga bormasdan, “Qirollik klubi”ga o‘tishga qaror qilgan.

Arda Gyuler — 2014-2019 yillar davomida “Genchlerbirlig‘i” akademiyasida tarbiyalangan. Keyin “Fenerbahche” yoshlar jamoasiga o‘tdi. Bu jamoaning asosiy tarkibida 51 ta o‘yinda to‘qqizta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.

Madridliklar turkiyalik yosh o‘yinchi uchun “Fenerbahche”ga 20 million evro to‘laydi va keyingi transferdan 20 foiz ulush ajratadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
М Х
06/07/2023 17:14
Эх бола Барселона га келмайсанми
Реалда пул куп Салгина уйининг ухшамаса захирада киламан,Барселона да имконият берилади