"Liverpul" futbolchisining xizmatlarini "Barselona"ga taklif qilishdi

  • 7 oktabr, 2021, 21:03
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” hujumchisi Divok Origi tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Catalunya Radio xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli belgiyalik futbolchining agenti mijozining xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilgan. Ammo hozircha, bu borada “ko‘k-anor ranglilar”ning pozitsiyasi qanday ekani noma’lum.

Origi joriy mavsum mersisaydliklar safida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!