“Liverpul” Klopp o‘rniga keladigan murabbiy bilan kelishuvga erishdi

“Liverpul”ni uzoq yillardan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Yurgen Klopp mavsum yakunlanishi bilan jamoani topshirishga qaror qilgan.

Klub rahbariyati unga munosib o‘rinbosar sifatida “Sporting”da zo‘r ishlayotgan Ruben Amorimni olib kelmoqchi.

Taniqli jurnalist va insayder Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, liverpulliklar Amorim bilan hamkorlik borasida og‘zaki kelishuvga erishdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisga “Liverpul” 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma taklif qilgan va Ruben Amorim uni qabul qilishini bildirgan.

39 yoshli mutaxassisning “Sporting” bilan 2020 yili tuzilgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.

Agar liverpulliklar bu murabbiyni ishga yollaydigan bo‘lsa, lissabonliklarga 20 million evro atrofida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!