"Manchester Yunayted" jahon chempionini olib kelmoqchi

"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Angliya Premer-Ligasida davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, frantsiyalik havbek xizmatiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning "keksa senoralar" bilan amaldagi kelishuvi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Yangi bitim borasida tomonlar hozircha kelisha olmayapti. Shu sababli, Rabo erkin agent maqomida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Adrien joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!