Mansur (Mangust) To‘g‘izboev: "MMA"ni yanada ommalashtiramiz

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda O‘zbekistonda aralash jang san’atlari (MMA) federatsiyasi rasman tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, federatsiya rahbari etib Sunnat Ilyasov tayinlangan edi. Musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish va yuqori natijalarga erishish maqsadida O‘zbekiston aralash jang san’atlari (MMA) terma jamoasiga bosh murabbiyi etib MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur To‘g‘izboev saylandi.

– Mazkur sport turini mamlakatimizda yanada ommalashtirishga bor kuch-g‘ayratimiz bilan harakat qilamiz. Nasib qilsa, MMA bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimiz yanada ko‘payadi. Har bir o‘zbek sportchisining orzusi Vatan sharafini himoya qilishdir. Biz sportchi va murabbiylar o‘z g‘alabamiz bilan o‘zbek farzandlari nimalarga qodir ekanini barchaga namoyon qilamiz, - deydi Mansur (Mangust) To‘g‘izboev Sports.uz internet portaliga bergan intervyusida.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!