Mansur (Mangust) To‘g‘izboevga revansh taklif qilishdi
MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboevga qirg‘izistonlik Noen Kalikov revansh jangini taklif qildi.
Gap shundaki, Mansur va Noen 2016 yilning aprel oyida Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tgan “MMA WEF GLOBAL 5” xalqaro turnirining 70 kilogrammgacha vazn toifasida kuch sinashgan edi.


Mazkur jangning ikkinchi raundida Mansur (Mangust) To‘g‘izboev raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Mag‘lubiyatga uchragan Noen mahoratli sportchimizga revansh jangini o‘tkazish uchun taklif berdi. Tajribali Mansur To‘g‘izboev bu taklifni qabul qilgani haqida Sports.uz internet portaliga xabar qildi.
“Joriy yilning noyabr oyida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “WEF 44 GLOBAL 10” turnirida Noen bilan uchrashganimizda revansh jangi uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tdi. Unga tayyor bo‘lganingda xabar ber, men bu taklifga roziman dedim. Nasib qilsa kelgusi yili ushbu jang bo‘lib o‘tadi. Men doimo Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga tayyorman”, – deydi Mansur (Mangust) To‘g‘izboev, Sports.uz saytimizga bergan intervyusida.

Fikrlar