Maradona tarixdagi eng yaxshi tennischi kimligini aytdi

  • 21 noyabr, 2019, 22:35
  • 0
  • Futbol

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona shveytsariyalik mashhur tennischi Rojer Federer haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Men seni mashina deb aytaman. Sen hamisha tarixda buyuk bo‘lib qolasan. Bunaqasi boshqa yo‘q. Argentinada qandaydir muammo paydo bo‘lsa, darhol menga murojaat qilishing mumkin”, - deydi Maradona.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Federer katta dubulg‘a tasnifiga kiruvchi musobaqalarda eng ko‘p (20) g‘alaba qozongan tennischi hisoblanadi. Bundan tashqari u 320 kun davomida jahon reytingida peshqadamlik qilgan. Bu esa rekord hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!