Maradonaning o‘limiga nima sabab bo‘lgan?

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning o‘limiga “zaharli modda” sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Avvalroq Maradonaning o‘limi oldidan so‘nggi bir necha soat unga qaragan sakkiz nafar shifokor va hamshiraga nisbatan jinoiy ish ochilgani ma’lum qilingan edi. Ular sobiq futbolchining ahvoli yomonlashganiga qaramay, uni bir necha soat azobda qoldirganlikda ayblanmoqda.

Oldinroq Maradona spirtli ichimliklar va giyohvandlikdan davolanayotgani xabar qilingandi.

Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Argentinalik futbol yulduzi surunkali yurak etishmovchiligidan kelib chiqqan o‘tkir o‘pka shishi natijasida vafot etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!