Marselo yana erkin agentga aylanadi

  • 25 noyabr, 2022, 20:58
  • 0
  • Futbol

Marselo yana erkin agentga aylanishi mumkin. “Olimpiakos” u bilan shartnomani bekor qilmoqchi. U klub bosh murabbiyi rejalariga kirmaydi, deya xabar bermoqda “Marca” nashri. Bitimga ko‘ra, himoyachi klub bilan 2023 yilning oxirigacha qolishi kerak edi. Braziliyalik ushbu mavsum barcha chempionatlarda 5 ta o‘yinda maydonga tushirildi.

Futbolchi Ispaniyaga qaytishi mumkin. Uning “Xetafe”ga o‘tishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lmoqda.

O‘tgan mavsum yakunlangach, Marseloning “Real” bilan shartnomasi tugadi. himoyachi jamoada qolmadi va shartnomasini uzaytirmay, klubni tark etdi. Eslatib o‘tamiz, Sentyabr oyida “Olimpiakos”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!