Maskerano: "PSJ 10 yildan keyin bu ishidan afsuslanadi"

"Barselona" va Argentina terma jamoasining sobiq himoyachisi Xaver Maskerano sobiq jamoadoshi Lionel Messini himoya qildi. PSJ argentinalik futbolchini Saudiya Arabistoniga ruxsat etilmagan safari uchun ikki haftaga mashg‘ulotlar va o‘yinlardan chetlatgan edi.
 
"10 yildan keyin PSJ Messiga shunday munosabatda bo‘lganidan afsuslanadi. Sayyoramizning istalgan jamoasi Lionel uchun kamida 5 daqiqa o‘ynashi uchun katta pul to‘laydi", - deya Maskeranoning so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.
 
Messi katta ehtimol bilan mavsum oxirida PSJni tark etadi, chunki futbolchi parijliklar jamoasi bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!