Messi va Galte o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

  • 17 mart, 2023, 23:19
  • 0
  • Futbol

PSJ futbolchisi Lionel Messining kelajagi so‘roq ostida turibdi. U parijliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishib olmadi. Kamiga bosh murabbiy bilan ham aloqalari yomonlashgani ma’lum bo‘lmoqda. Argentinalik seshanba kungi mashg‘ulotlar paytida Galtening qaroridan norozi bo‘lgan va klub bazasini tark etgan. Kristofer uni qolishi uchun harakat qilgan, lekin hujumchi baribir mashg‘ulotlarni erta tugatdi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar bermqoda.

56 yoshli mutaxassis Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

"Uning shartnomasi haqida gapirishga erta. Bilaman, bu ko‘p muhokama qilinadigan ish, lekin Leo ayni payt baxtli. U shu erda qoladi", - dedi Galte.

Ayrim manbalar 35 yoshli futbolchini Saudiya Arabistoniga kelishiga ham ishonmoqda. Unga MLS dan ham takliflar bor. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!