"Milan" Ibragimovich o‘rniga "Liverpul" hujumchisini olib kelmoqchi

  • 13 dekabr, 2021, 15:55
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi "Liverpul" hujumchisi Divok Origining xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbagk ko‘ra, belgiyalik forvard “rossonerilar”ning 40 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovichga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin.

Origiga shuningdek, A Seriyaning boshqa bir etakchi klubi - "Atalanta"dan ham qiziqishlar bor.

Divok Origi joriy mavsum "Liverpul" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!