Modrich "Betis"ga qarshi o‘ynashga tayyor

  • 9 dekabr, 2023, 11:12
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich bugun maydonga tushishga tayyor.

Noyabr oyi oxirida xorvatiyalik futbolchi "Kadis"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, keyingi ikkita o‘yinni ("Napoli" va "Granada") o‘tkazib yubordi. Bir necha kun avval 38 yoshli futbolchi mashg‘ulotlarni boshlagani ma’lum bo‘lgandi.

"Football Espana"ning xabariga ko‘ra, "Real" xavbeki bugun bo‘lib o‘tadigan "Betis"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyor. Katta ehtimol bilan Karlo Anchelotti Lukani asosiy tarkibda kiritadi.

Luka Modrich joriy mavsum “qirollik klubi” safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!