Modrich Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilyapti

  • 19 noyabr, 2023, 15:51
  • 0
  • Futbol

Luka Modrichning agenti futbolchiga Saudiya Arabistoniga o‘tishi haqida gapirdi. 

O‘tgan yili yozda "Real" yarim himoyachisi Saudiya Arabistonidan bir qancha takliflar bo‘lishidan qat’i nazar Madrid klubi bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgandi. 

"O‘tgan yozda (Saudiya Arabistonidan) Modrichga qiziqish bor edi. Ular Lukani sotib olmoqchi bo‘lgan. Futbolchiga poytaxt jamoasi va boshqa klublardan takliflar bo‘lgandi. 

Hozir Modrich "Real" haqida o‘ylayapti. Shunday bo‘lsa-da, futbolchiga ma’qul taklif kelsa, u Saudiya ligasiga o‘tishi mumkin", - dedi futbolchining agenti Borxa Kuche. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!