Mourino APLga qaytishi mumkin

  • 13 dekabr, 2023, 22:22
  • 0
  • Futbol

Joze Mourino yaqin kelajakda Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin. "Transfer News Live" nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis "Nyukasl"da ish boshlashi mumkin.

Biroq "Roma" Mourinoga ishonadi va uni qo‘yib yubormoqchi emas. Portugaliyalik mutaxassisning "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

"Nyukasl"ning hozirgi bosh murabbiyi - Eddi Xou. Jamoa Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino avval Angliyada "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem"da ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!