Mundialga bora olmagan Pogba jamoadoshlariga otashin murojaat yo‘lladi

  • 13 dekabr, 2022, 19:20
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba jarohati sabab Qatardagi Jahon chempionatini o‘tkazib yubordi. Ammo u shunga qaramay, termadagi sheriklarini qo‘llab-quvvatlab turibdi.

"Men siz bilanman, yigitlar! Qo‘limdan kelgancha, jamoamni qo‘llab-quvvatlayman. 

Bu mening Vatanim, bu mening jamoam. Shunday ekan, Frantsiya uchun yana bir g‘alaba taqdim etilishini istayman", - dedi Pogba.

Eslatib o‘tamiz, ertaga frantsiyaliklar mundial yarim final bosqichi doirasida Marokash terma jamoasiga qarshi saf tortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!