Novak Jokovich va Rojer Federer 4 soat 55 daqiqa davom etdi

  • 14 iyul, 2019, 23:25
  • 0
  • Tennis

Hozirgina yakuniga etgan "Uimbldon" musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi final bahsida serbiyalik Novak Jokovich shveytsariyalik Rojer Federerni besh setda taslim qildi.

Ular o‘rtasidagi mazkur o‘yin 4 soat 55 daqiqa davom etdi va "Uimbldon" tarixidagi eng uzun final o‘yini sifatida tarixga kirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" musobaqasida beshinchi marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!