O‘rtoqlik o‘yinidagi g‘alaba uchun Rossiya terma jamoasiga qancha mukofot puli berilishini bilasizmi?

  • 10 mart, 2021, 19:59
  • 0
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov va uning shtabi o‘rtoqlik o‘yinlarida qozonilgan har bir g‘alaba va durang uchun qancha miqdorda pul mukofoti olishi ma’lum bo‘ldi.

Baza nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, g‘alaba uchun 20 mln rubl, durang uchun esa 10 mln rubl miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi. Ushbu pullarning asosiy qismi bosh murabbiy Cherchesovga, qolgan qismi esa terma jamoa murabbiylari va xodimlariga beriladi.

Taqqoslash uchun, Cherchesov jamoasi “JCh-2018”da har bir g‘alaba uchun 9 mln, durang uchun esa 4 mln rubl miqdorida mukofot puli olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!