O‘zbekistonlik yana bir sportchida doping aniqlandi

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Samandar Sultonovning doping-sinamasida testesteron taqiqlangan moddasi aniqlanganligi sababli, velosportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ma’lum qildi.

"Sportchi 2022 yil 9 may kunidan boshlab shu kunga qadar erishgan barcha natijalari va reyting ochkolari, shu jumladan, 2022 yildagi Osiyo chempioni unvonidan ham mahrum bo‘ldi", - deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq o‘zbekistonlik bokschi Xurshidbek Rasuljonovning doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlanganligi sababli, u 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingani haqida ham xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!