Para taekvondo bo‘yicha terma jamoa a’zolariga antidoping qoidabuzarlik turlari tushuntirildi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Parij-2024 olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida joylarda o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 5 iyul kuni Parataekvondo sport turi bo‘yicha terma jamoa a’zolariga Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan «Antidoping qoidabuzarlik turlari» mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Seminar davomida L.Umedova sportchi, murabbiylarga sportda taqiqlangan modda, uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi, sportchi tomonidan ta’qiqlangan uslubni qo‘llash va qo‘llashga urinish, doping-test topshirishdan bosh tortish, qarshilik ko‘rsatish, tashrif buyurmaslik, sportchi tomonidan ADAMS tizimida ma’lumot taqdim etish tartibini buzish, sportchi hamda uning personali tomonidan doping-nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida sportchilar, murabbiy va sport shifokorlariga mavzu bo‘yicha slaydlar yordamida qiziqarli ma’lumotlar berildi hamda ishtirokchilar doping nazorat qoidalari, Butunjahon antidoping agentligi (VADA) tomonidan ta’qiqlangan moddalar to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, ushbu terma jamoa a’zolariga yil boshidan beri ikkinchi marotaba kompleks tarzda o‘quv-seminarlar o‘tkazilishi. Bu esa, albatta sportchilarimizni halol sportga undash, har-xil yod g‘oyalardan asrashga xizmat qiladi.

Unutmang, dopingga qarshi kurash har bir insonning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!