Paralimpiya. Sunnatillo Murodullaev Misr ochiq chempionatida sovrindor bo‘ldi

Giza shahrida para stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan Misr ochiq chempionatida terma jamoamiz a’zosi Sunnatillo Murodullaev hamda ruminiyalik tennischi Kameliya Siripan aralash juftlik bahslarida ishtirok etishdi va yakunda kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Qayd etish lozimki, Misr ochiq chempionatiga Chili, Kamerun, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Kot-d’Ivuar, Iordaniya, Yaponiya, Qozog‘iston, Mavritaniya, Pokiston, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya va Shri-Lanka kabi mamlakatlardan jami 150 ga yaqin para stol tennischilar tashrif buyurdi.

Yana bir muhim jihati shundaki, ushbu musobaqada sovrindor bo‘lgan Sunnatillo Murodullaev Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!