"Paxtakor" o‘rtoqlik o‘yinida Ukrainaning nomdor klubini mag‘lub etdi

  • 14 fevral, 2023, 21:56
  • 0
  • Futbol

O‘tgan yil O‘zbekiston Superligasi oltin medallariga ega chiqqan "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib bormoqda.

Bugun Maksim Shatskix shogirdlari Kievning "Dinamo" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bahs toshkentliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yagona gol 34-daqiqada Doston Hamdamov tomonidan kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!