"Paxtakor"ni yangi mavsumda ham xorijlik murabbiy boshqaradi. Muzokaralar boshlangan

  • 8 yanvar, 2022, 13:03
  • 0
  • Futbol

Kecha "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Piter Xyuistra lavozimini tark etgani borasida xabar bergandik. 

Niderlandiyalik mutaxassis "Paxtakor" bilan 2021 yilning oxiriga qadar shartnoma imzolagandi. Tomonlar shartnomani uzaytirishmadi.

Xyuistra 2021 yili "sherlar" ustoziga aylangandi. Bir yil mobaynida jamoani boshqardi va O‘zbekiston Superkubogi va Superliga chempionligini qo‘lga kiritdi. Ungacha esa Shota Arveladzening yordamchisi hisoblangan.

Rasman! "Paxtakor" klubi bosh murabbiy Piter Xyuistra borasida bir qarorga keldi

xyuistra3

Endi toshkentliklar bosh murabbiy laovzimiga nomzodlar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" klubi rahbariyati xorijlik 2-3 murabbiyni ko‘z ostiga olgan va ular bilan aloqaga chiqqan. Hozircha, ularning kimligi ma’lum emas. Biroq poytaxtliklarni yangi mavsum xorijlik mutaxassis qo‘lga olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!