Pirs Morgan Zinchenko haqida zo‘r gap aytdi

  • 4 mart, 2023, 14:54
  • 0
  • Futbol

Ronaldu bilan uyushtirgan intervyusi orqali tanilgan jurnalist Pirs Morgan "Arsenal" himoyachisi Oleksandr Zinchenkoning o‘yinini yuqori baholadi.

London klubiga muxlislik qiluvchi jurnalistga ko‘ra, ukrainalik futbolchi Premer-ligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishi mumkin.

"Uning "Everton"ga qarshi o‘yindagi issiqlik xaritasi aqldan ozdiradigan darajada edi. Zinchenko aslida chap qanot himoyasida o‘ynaydi, lekin u o‘sha kuni hamma joyda paydo bo‘ldi.

Ilgari "Arsenal"ning asosiy tarkibida bo‘shliqlar bo‘lardi, ularni hozir ko‘rmayapman", - dedi Morgan.

Eslatib o‘tamiz, Zinchenko joriy mavsum APLda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Arsenal” esa 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!