Plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Taylandda dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi. Ertaga mezbonlarga qarshi o‘yin

Plyaj bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning 9-11 may kunlari Taylandda bo‘lib o‘tadigan "Thailand Beach Soccer Five's 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur turnirda terma jamoamiz Ummon, Livan va Tayland terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 

Terma jamoamiz a’zolari kecha Taylandda dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Bugun esa musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. 
 
Quyida e’tiboringizga Taylandga yo‘l olgan Plyaj bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini havola qilamiz:
 
Akmal Hazratqulov ("Paxtakor")
Ravshan Eliboev ("Paxtakor")
Farhod Mirahmedov ("Lokomotiv")
Jamoliddin Sharipov ("Lokomotiv") 
Artur Yunusov ("Lokomotiv") 
Javlon Anorov ("Lokomotiv") 
Konstantin Sviridov ("Lokomotiv") 
Muzaffar Ahadjonov ("Lokomotiv") 
Sarvar Shoahmedov  ("Lokomotiv") 
Farhod Abdumavlyanov ("Lokomotiv") 
Davron Choriev ("Paxtakor")
Nodir Eliboev ("Lokomotiv") 


Quyida "Thailand Beach Soccer Five's 2019" xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan o‘yinlar taqvimi bilan tanishishingiz mumkin:
 
9 may
Ummon - Livan
Tayland - O‘zbekiston
 
10 may
O‘zbekiston - Ummon
Livan - Tayland
 
11 may
Livan - O‘zbekiston
Tayland - Ummon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
дилик
08/05/2019 13:06
Чумчук суйсаям кассоб суйсин
&
дилик
08/05/2019 13:05
У нас че пляжных футболистов нету чтоли