Professional bokschimiz jahon chempioniga qarshi jang qiladi

  • 26 oktabr, 2023, 23:51
  • 0
  • Boks

Xalqaro boks assotsiatsiyasi tomonidan 27 oktyabr kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida IBA Champions' Night turniri o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqaning eng ko‘p kutilayotgan janglaridan birida hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov havaskorlar boksida amaldagi jahon chempioni hisoblangan Sharabutdin Ataev bilan to‘qnashadi.

Ta’kidlash joizki, Sharabutdin Ataev joriy yilning may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, faoliyatidagi eng nufuzli sovrin – oltin medalni qo‘lga kiritdi.

sharabutdin-ataev-stal-chempionom-mira-po-boksu-v-vesovoj-kategorii-do-86-kg_1684075371229430605

Rossiyalik bokschi bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘zining ustun tomonlarini aytib o‘tdi.

Bulajak raqibim men professional ringda to‘qnash kelgan bokschilar orasida eng jiddiy va kuchlisi. Men uning janglarini tomosha qildim. U ko‘p rossiyalik bokschilarni mag‘lub etganini eshitdim.

Men Azizbek Abdug‘ofurovning jang uslubiga o‘xshash usulda boks tushadiganlar bilan ko‘p to‘qnashganman. Lekin bu galgisi professional boks va u havaskorlar boksidan keskin farq qiladi.

Men jang uslubim ish berishiga va bo‘lajak jangda g‘olib chiqishimga ishonaman, - dedi Sharabutdin Ataev “Match TV” kanaliga bergan intervyusida.

Ataev havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarda jami 67 ta g‘alaba va 15 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Professional ringda u beshta jangning barchasida g‘olib chiqqan va ulardan uchtasini raqiblarini nokaut qilgan.

Azizbek Abdug‘ofurov ancha tajribali bokschi. U havaskorlar o‘rtasidagi faoliyatidan keyin professionallar o‘rtasidagi janglarda qatnashib kelmoqda. U debyutini 2016 yili boshlagan va shu paytga qadar 14 ta g‘alabaga erishgan va bir marta mag‘lub bo‘lgan.

maxresdefault_4

Azizbek professional ringda Gasan Gasanov (18-10-1, 14 KO), Dmitriy Chudinov (21-2-2, 13 KO) va Fyodor Chudinov (26,-3-1, 17 KO) kabi rossiyalik charm qo‘lqop ustalarini mag‘lubiyatga uchratgan. Biroq Pavel Silyagin (13-0-1, 6 KO) bilan Moskvada bo‘lgan bahsda ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.

Aynan mana shu mag‘lubiyat Azizbek Abdug‘ofurovning professional faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat bo‘lib turibdi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi jahonning eng zo‘r charm qo‘lqop ustalari ishtirokidagi IBA Champions' Night turnirini 2022 yilning dekabridan beri o‘tkazib kelmoqda. Tarixiy birinchi musobaqaga Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahri mezbonlik qilgan. Bugungi kunda o‘ta og‘ir vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri hisoblangan Bahodir Jalolov ushbu nufuzli musobaqada g‘olib chiqqan.

maxresdefault (1)_1

Shuningdek, 2023 yilning iyul oyida Tailandda o‘tkazilgan chempionlar boks kechasida Hasanboy Do‘smatov, Mujibullo Tursunov va Asadxo‘ja Muydinxo‘jaev raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!