Qilichbozlik. Bugun 3 nafar vakilimiz jahon chempionati pley-off bosqichida ishtirok etadi

Bugundan Milan mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida yakkalik bellashuvlaridagi pley-off bosqichi bahslari o‘tkaziladi.

Ushbu kun dasturida musobaqani boshlab bergan ayollar o‘rtasidagi shpaga hamda erkaklar toifasidagi sablya bellashuvlarida dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda ishtirok etadigan hamyurtlarimiz va ularning 1/32 final bosqichidagi raqiblari bilan tanishing:

Shahzoda Egamberdieva – Mara Navarriya (Italiya)
Musa Aymuratov – Andriy Yagodka (Ukraina)
Zuhriddin Qodirov – Kento Yoshida (Yaponiya)

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!