Qilichbozlik. Bugun ayollarimiz sablya, erkaklarimiz rapirada bahslarga kirishadi

Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Umida Ilyasova (rapira) hamda Javohir Nurmatov (shpaga) saralashdan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Bugun erkaklar rapira, ayollar sablya qurollarida saralash bahslarini olib borishadi. Mazkur dasturlarda qatnashadigan tarkibimizni yana bir bor eslatib o‘tamiz:

Ayollar, sablya: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Paola Pliego, Fernanda Errera;

Erkaklar, rapira: Muhammad Yusuf Asranov, Ahmadilloxon Solihojiev, Ilyas Molina, Doniyor Sa’dullaev.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!