"Qo‘qon-1912" jamoasi 2-davra o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi

  • 11 iyul, 2022, 15:45
  • 0
  • Futbol

Davron Fayziev boshchiligidagi "Qo‘qon-1912" jamoasi Superliganing 2-davra o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Kecha futbolchilar Do‘rmonda yig‘ilishdi hamda mashg‘ulotlarni kirishdi. Mashg‘ulot kuniga ikki mahaldan o‘tkazilyapti. Murabbiylar shtabi yig‘inga o‘rinbosarlar tarkibidan ham bir nechta iqtidorli yoshlarni jalb qilishgan.

Klub tarkibida hozircha o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Biroq selektsiya jarayonlari olib borilmoqda. Transfer oynasi ochiqligidan foydalanib, tarkibga yangi futbolchilar ham jalb qilinadi.

Do‘rmondagi yig‘in davomida bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarni o‘tkazish murabbiylar shtabi rejalaridan o‘rin olgan. Bu haqida keyingi xabarlarimizda batafsil ma’lumot beramiz. Quyida Do‘rmondagi mashg‘ulotlardan olingan suratlarni tomosha qiling!

qo‘q3

qo‘q4

qo‘q5

qo‘q6

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!