"Qo‘qon-1912" o‘tgan yilgi natijasini takrorlaydimi?

  • 19 iyun, 2021, 19:57
  • 0
  • Futbol

Superliga 10-tur doirasidan o‘rin olgan  “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912”  uchrashuvi  20 iyun  kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini havola etdi.

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 12 marta to‘qnash kelishgan.

“Lokomotiv” o‘yinlarning 6 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda durang qayd etilgan. Bitta uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Aynan o‘tgan yili Toshkentdagi uchrashuvda "Qo‘qon-1912" jamoasining qo‘li baland kelgandi. Qiziq, bu safar ham jamoa o‘tgan yilgi natijasini takrorlay olarmikin?

To‘plar nisbati – 22:11, “Loko” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Temiryo‘lchilar” 23 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912”ning ochkosi 8 tani tashkil etadi. 

Jamoalarning so‘nggi oltita uchrashuvida qayd etilgan natijalar:

25.11.2020. Qo‘qon-1912 – Lokomotiv - 0:1

21.08.2020. Lokomotiv – Qo‘qon-1912  - 1:2

20.09.2019. Qo‘qon-1912 – Lokomotiv - 1:1

02.05.2019. Lokomotiv – Qo‘qon-1912  - 2:2

09.07.2018. Qo‘qon-1912 – Lokomotiv - 1:2

07.04.2018. Lokomotiv – Qo‘qon-1912  - 1:1

Hakamlar

O‘zbekiston professional futbol ligasi Superligasining 10-turida ishlaydigan rasmiy shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi bahsni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi xakamlar guruhi boshqarib borishadi. Norsafarov bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi o‘yinda ilk marta ishlaydi.  Bundan tashqari, ushbu o‘yinda hakamlar VAR tizimidan ham foydalanishadi.

10-tur

20 iyun, yakshanba

LOKOMOTIV – QO‘QON-1912

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Rustam Choriev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullaev

VAR assistent: Timur Galeev

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Operator: Sherali Jonaliev

Komissar: Shohruh Said.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!