Rakitich "Barselona"ga gol ursa nishonlaydimi?

  • 9 fevral, 2021, 23:01
  • 0
  • Futbol

"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Barselona"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda sobiq jamoasi darvozasiga gol urgan taqdirda uni nishonlamasligini aytdi.

“Golni nishonlamayman. Menda “Barselona” bilan bog‘liq yorqin xotiralar bor. U erda qizim tug‘ildi, u shaharda juda ko‘p do‘stlarim bor va mahalliy muxlislar meni yaxshi ko‘radi. Men hatto "Barselona" muxlislariga nisbatan qilgan munosabatim uchun mukofotlandim”, - dedi xorvatiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Rakitich 2014 yildan 2020 yilga qadar “Barselona” safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!