Yaqinlashma, oyog‘ingni sindiraman!

  • 5 iyun, 2020, 10:30
  • 0
  • Futbol

Futbol har doim ham jozibador bo‘lavermaydi. Keskin va murosasiz kurashlar vaqtida raqibini ayamaydigan qo‘pol o‘yinchilar ham ko‘p.

FourFourTwo nashri Angliya premer-ligasi tarixida eng ko‘p qoida buzgan, “feyr pley” tushunchasidan yiroq bo‘lgan qo‘pol futbolchilar nomini oshkor qildi.

Nashr taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, APL futbolchilari kator klublarda o‘ynagan, ayni paytda “Vest Bromvich” sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Garet Barridan xavfsirab turadi. Bu futbolchi faoliyati davomida raqiblariga nisbatan 633 marotaba ta’qiqlangan usullarni qo‘llagan. O‘yinlar davomida oltita qizil kartochka olgani ham uning vajohatidan dalolat beradi.

“Bolton” jamoasining sobiq futbolchisi Kevin Devis ham uzoq yillik faoliyati davomida 605 marta fol ishlatgan. Yana bir qo‘pol o‘yinchini hamma soch turmagidan taniydi. Jingalak sochli yigit Maruan Fellayni “Everton” va “Manchester Yunayted”da o‘ynagan kezlari 588 marta raqibni qoidaga zid tarzda to‘xtatib qolgan.

UEFA mintaqasida porlagan o‘zbek legionerlari

Yana eski savol ko‘tarildi: Messi zo‘rmi yo Ronaldu? Javob original bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!