Rasman! OKMK serbiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi

OKMK jamoasi bo‘lajak mavsum oldidan navbatdagi transferini e’lon qildi.

Serbiyalik hujumchi – Milyan Shkrbich endi olmaliqliklar sharafini himoya qiladi. Klub va hujumchi o‘rtasida mavsum oxirigacha kelishuv imzolandi. 

Milyan Shkrbich 1995 yilning 18 sentyabr sanasida Serbiyaning Srvenka shahrida tavallud topgan. U faoliyati mobaynida "Srvenka", "OFK Belgrad", "Krshko" (Sloveniya), "Giresunspor" (Turkiya), "Zrinski Mostar" (Bosniya va Gersegovina) va "Radnichki Nish" klublari sharafini himoya qilgan.

28 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida umumiy hisobda 130ta uchrashuvda maydonga tushib, 42ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!