“Real” to‘rt futbolchisidan ayrilishdan xavotirga tushib qoldi

  • 26 iyun, 2023, 16:02
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati tarkibni saqlab qolish borasida muammoga duch kelishi mumkin. Saudiya Arabistoni klublari madridliklarning to‘rt futbolchisini katta maosh evaziga qo‘lga kiritishga urinyapti. Bu holat “Qirollik klubi”ni xavotirga sola boshladi, deb xabar tarqatda Defensa Central.

Manbaning ta’kidlashicha, saudiyaliklar Karim Benzemani qo‘lga kiritganidan keyin Luka Modrich va Toni Kroosni o‘ziga og‘dirishga harakat qilmoqda. Bu yulduzlar bir necha bor ularga rad javobini berganiga qaramay, saudiyaliklar ortga chakinmayapti.

Saudiya klublari Modrich va Kroosga qo‘shib, Nacho va Lukas Vaskesni ham transfer qilish yo‘llarini qidirmoqda.

 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, arab klublari transferlar uchun katta mablag‘ sarflamaslik maqsadida erkin agentga aylanish arafasida turgan futbolchilarni mo‘may daromadli shartnomalar bilan o‘ziga jalb qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!