“Real” katta transferga qo‘l urmoqda

  • 21 noyabr, 2023, 10:04
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati jamoaning o‘rta chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Madridliklar yoshi o‘tib qolgan va mavsum oxirida jamoadan ketishi kutilayotgan Luka Modrich va Toni Kroos o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti.

Todofichajes nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari bu pozitsiyaga Deklan Raysni mo‘ljallamoqda.

Ayni paytda 24 yoshli yarim himoyachi “Arsenal” sharafini himoya qilmoqda. “Kanonirlar” uni o‘tgan yozda “Vest Xem”dan 116,6 million evroga transfer qilgan eedi.

Madridliklar 2028 yilning yozigacha shartnomaga ega futbolchini olish uchun katta xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!