“Real” klubda qolmoqchi bo‘layotgan “qariya”ga javob berib yubordi

  • 17 may, 2022, 19:03
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati braziliyalik himoyachi Marselo mavsum yakunlanishi bilan joyini bo‘shatib qo‘yishi kerak, degan qarorga keldi.

34 yoshli himochi 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi. Garchi Marseloning o‘zi Madridda qolishni istayotgan bo‘lsa-da, klub mutasaddilari bunga qarshilik qilmoqda.

Marselo 2007 yili Braziliyaning “Fluminense” klubidan “Real”ga ko‘chib o‘tgan. O‘shanda madridliklar hech kim tanimaydigan futbolchi uchun 6,5 million evro to‘lagan edi. Shundan beri tajribali himoyachi madridliklar safida to‘p tepib kelmoqda.

Braziliyalik yulduz jamoa bidan birga olti marta Ispaniya chempionati va to‘rt bor Chempionlar ligasida zafar quchgan. Bu mavsum atigi 17 ta o‘yinda ko‘rinish berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!