"Real" muxlislari uchun kutilmagan xushxabar!

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua joriy mavsum oxirida safga qaytishi mumkin. Bu haqda "Relevo" nashri xabar berdi.

Belgiyalik darvozabon "qirollik klubi" safida La Liganing so‘nggi turlarida maydonga tushishi ehtimoli bor. Kurtua avgustda tizzasidagi jarohat sabab safdan chiqqandi. "Qaymoqranglilar" rahbariyati Luninning ajoyib o‘yin o‘yiniga qaramay, Tiboga ko‘proq ishonadi.

Eslatib o‘tamiz, kelasi haftada "Real" Chempionlar ligasi yarim finalida "Bavariya" bilan javob uchrashuvini o‘tkazadi. Birinchi o‘yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!