"Real"da jarohatlar mavsumi! Navbat Bellingemga etib keldi

  • 11 noyabr, 2023, 20:07
  • 0
  • Futbol

"Real"da jarohat olib, safdan chiqayotgan futbolchilar soni ortib bormoqda. Navbat Jud Bellingemga ham etib keldi. 

"Qaymoqranglilar" rasmiy sahifasi orqali yarim himoyachining elkasidan jarohat olganini tasdiqladi. U ikki hafta maydonga tusha olmasligi borasida mish-mishlar tarqalyapti. Oldinroq, Arda Gyuler safdan chiqqan edi

Bellingem "Real" tarkibiga yozda kelib qo‘shilgan bo‘lib, ushbu mavsum jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylanib oldi. U yangi klubida14 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!