"Roma" muxlislari uchun muhim xabar!

  • 19 yanvar, 2022, 14:35
  • 0
  • Futbol

So‘nggi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin Joze Mourinoning "Roma" bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi so‘roq ostida qolayotgandi.

Italiya OAV xabariga qaraganda, Joze Rimda qoladi. Uning ketish istagi yo‘q. "Rimliklar" rahbariyati 58 yoshli mutaxassisga ishonch bildiradi va undan dastlabki mavsumdayoq katta natijalar talab qilmaydi. 

Portugaliyalik murabbiyga APLdan taklif bor edi. Yaqindagina Rafael Benitesni iste’foga chiqargan "Everton" Mourinoni Premer-ligaga qaytarishni niyat qilgandi. Ammo rad javobini olgan mersisaydliklar endi boshqa mutaxassis izlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli Mourino mavsum avvalida "bo‘rilar" boshqaruviga kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!