"Roma" muxlislari uchun xushxabar!

  • 22 dekabr, 2022, 23:24
  • 0
  • Futbol

"Roma" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum kelasi oy safga qaytadi, deya yozmoqda "Il Tempo" nashri.

Veynaldum ijara asosida PSJdan Rim klubiga ko‘chib o‘tgandi. Niderlandiyalik futbolchi avgustda oyog‘ini sindirib oldi va hozir u tiklanish jarayonida. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Veynaldum 22 yanvar kuni A Seriya doirasidagi "Spetsiya"ga qarshi maydonga tushishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Jorjino jarohati sababli JCh-2022ni ham o‘tkazib yubordi. Niderlandiya termasi esa chorak final bosqichida Argentinaga yutqazib, mundial bilan xayrlashgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!