Ronaldu: Yaqinda 39 yoshga to‘laman va hamon gol urishda Xoland kabi maxluqlardan oldindaman!

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu samarali faoliyat ko‘rsatayotganidan mamnun ekanini aytdi.

- Bu mavsumda ham eng zo‘r to‘purar bo‘ldim. Tasavvur qilib ko‘ring, men Erling Xoland kabi yosh maxluqlarni ortda qoldirdim. Bundan faxrlanaman. Axir men yaqinda 39 ga to‘laman.

Menga odamlar shubha bildirayotgani yoqadi, chunki shundan keyin men ularga nimalarga qodirligimni isbotlab beraman. Tanqidlar meni to‘xtata olmaydi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Krishtianu Ronaldu 2023 yil davomida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida e’tirof etildi. To‘p kiritish bobida “qariya” hujumchi 54 ta gol bilan Harri Keyn, Kilian Mbappe, Erling Xoland kabi to‘purarlarni ortda qoldirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!