Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Cherchesovning iste’fosi haqida gapirdi

  • 8 iyul, 2021, 22:19
  • 0
  • Futbol

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov terma jamoa bosh murabbiyi Stanislav Cherchesovning iste’foga chiqarilgani haqida gapirdi.

“Stanislav Salamovich bilan birga o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishga qaror qildik. Rossiya futbol ittifoqi terma jamoani 2022 yilgi jahon chempionatining saralash o‘yinlariga tayyorlaydigan bosh murabbiy lavozimiga nomzodlarni qidirishni boshlaydi”, - dedi Dyukov.

Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida Rossiya o‘z maydonida o‘tkazilgan 2018 yilgi jahon chempionatida chorak finalga qadar etib bordi.

Rossiya “Evro-2020”ning “B” guruhida Belgiya, Daniya va Finlyandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi va so‘nggi o‘rinda qolib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!