Rossiya terma jamoasini Yoaxim Lyov boshqarishi mumkin

  • 6 iyul, 2021, 09:58
  • 0
  • Futbol

"Chempionat" sayti muxbiri Andrey Pankovning ma’lum qilishicha, germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov iste’foga chiqarilgan taqdirda, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Rossiya futbol ittifoqi terma jamoa ustozi Cherchesov o‘rniga xorijlik mutaxassisni olib kelmoqchi. Ularning short-listida Lyov asosiy nomzod sifatida tilga olingan. O‘z navbatida Yoaxim "Evro-2020"dan so‘ng Germaniya terma jamoasidan ketishini ma’lum qilgan edi.

Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasini 15 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Bundestim uning qo‘l ostida 2014 yil Braziliya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasini 2016 yilning avgustidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi terma jamoa “JCh-2018”da chorak finalga qadar etib borgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!