Rus klubining Norchaev uchun "Nasaf"ga qancha summa to‘lagani ma’lum bo‘ldi

  • 22 fevral, 2023, 18:14
  • 0
  • Futbol

Biroz oldin "Nasaf" vakili Husain Norchaevning "Alaniya" safiga ko‘chib o‘tgani haqida xabar bergandik. Rossiya jamoasi futbolchimiz uchun "Nasaf"ga qancha pul o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

"Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, "Alaniya" qarshiliklarga 470 ming evro summa o‘tkazib berishi lozim. Ayni paytda hujumchining bahosi 900 ming evroga baholangan. 

Ma’lumot o‘rnida, Husain “Nasaf” tarkibida Superliganing bir marta kumush va bir marta bronza medallarini, ikki bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. 2021 yilda u OFK kubogida to‘purarga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!